Asosiy qismga o‘tish

Fikr

Malimbayeva Ismigul

Shahar tabiiylikka tupurgan biroz,
Havosi o'pkanga tortar tarsaki,
Jon singlim manzilni qaytalabdan yoz,
Shaharda yòq ekan kòngil kòchasi...
Ona, dadajonim sog'mi omonmi?
Qoralar qoldimi aziz boshida?!
Dunyoda qizlarning eng sho'x yomoni,
O‘n yetti yoshida...
Yo‘q, bu safar pulmas ,
Jiddiy muammo,
Dada, tomog'imda bir ne turibdi,
Shaharlik qizim, deb suyasiz ammo,
Yuragim qishloqcha urib turibdi!!!
Muallif no aniq
57 marta o‘qilgan

Izohlar

Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.

O‘xshash fikrlar

…Va yomgʻir yogʻadi shaharda
Soyabon tutqichi bosar zang.
Azizim, yomgʻirpoʻsh tutgani
Nahotki bir marta kelmasang?
Inversion

Charlie Munger muammoni yechishda bir usuldan foydalangan: masalaga teskari tomondan qarash.

masalan, yaxshi rahbar bo‘lish uchun nima qilish kerakligini o‘ylash o‘rniga, yomon rahbar qanday xatolarga yo‘l qo‘yishini o‘ylab ko‘rish.

xodimlarni tinglamaslik, natijalarni tekshirmaslik, xatolarni yashirishga majbur qilish.

endi shu xatolardan qochish kerak.

bu usulni boshqa sohalarda ham qo‘llash mumkin.

pul yig‘moqchimisiz — pulni qanday topish bilan birga, uni qayerda yo‘qotayotganingizni ham aniqlang.

yaxshi munosabat qurmoqchimisiz — nima qilish kerakligidan tashqari, munosabatni nima buzishini ham o’rganing.

ko‘pincha biz muammoni hal qilish uchun yangi yo‘l izlaymiz, lekin ba’zan avval xatolarni to‘xtatishning o‘zi yetarli.

biror narsani yaxshilamoqchi bo‘lsangiz, avval uni nima yomonlashtirayotganini aniqlang.