Asosiy qismga o‘tish
malimbayeva_ismigul

Malimbayeva Ismigul Muallif — maqolalari monetizatsiya qilingan

Muallif — maqolalari monetizatsiya qilingan Muallif

Virus

18-oktabrdan beri

Obuna bo‘lish
Ba'zan shunchaki charchaysan... Hech kimga hech narsa tushuntirg­ing kelmaydi. Kulging kelmaydi, gaplashging kelmaydi. Faqat jimlik, xotirjamlik va ozgina mehr istaysan.

Hamma uchun kuchli bo'lishdan ham charchaydi odam. Ba'zan sen ham kimningdir mehriga suyanishni, kimdir seni tushunishini, holingni so'ramasdan his qilishini xohlaysan...

Lekin mayli, hayot davom etadi.
Yomg'ir ham begona emas bizlarga
Qalbimiz torida qadrdon edi
Afsus chiqolmadik biz birga sayrga
Yomg'irda korishmoq niyat bor edi .
Boshlanmay nixoya bo'ldi qissamiz
Shirin hayolmiding bir kelib ketgan
Endi xoxlasak ham ko'risholmasmiz
Baxt bizni armonga uzatib ketgan
Mana yana yomgir asta yogʻmoqda
Go'yo eslatmoqchi o'sha damlarni
Seni unutmoqqa dil chog'langanda
Nimadir eslatar o'sha onlarni
Nima bo'lgan taqdirda nolimayman hammasiga Alhamdulillah. Hammasi yaxshi bo'ladi. Hozir ishga boraman va o'z ishimni qilaman uyda esa hammasi joyida bo'ladi. Hech bunaqa kayfiyatsiz bo'lmagan edim. Nimaga buncha tasirlandim bilmayman. Ob havo ham huddi menga o'xshab qovoq uygan bugun. Yomgir yog'ishi ham mumkin. Qancha qiyin kunlar o'tgan ku bu kun ham o'tadi. Qanday imkonsiz deb o'ylagan tunlar o'tgan ku bu kun nima bopti . Allohimni nazarida ekanmanki menga shuncha sinov bor. Allohim nazaridan qolmay.
Ham yoshga to'lmagan bolasi bor ham ishga boradigan onalarga juda qiyin . Ko'pchilik o'ylashi mumkin ishga erta chiqib oldi bolasiga qarasa bo'lmaydimi deb hozir zamon talabi ish. Ishlamasangiz kamomatlar ko'paydi . Ayol kishi ham uyda bolasi bilan bolgisi keladi o'ynaganidan yoki zerikishdan ishga chiqmaydi. Hozir ishga ketishim kerak yuragimda ming xavotir bolam haqida yiglasachi ovunarmikan degan hadiklar bilan ishga ketyabman. Yuragimni og'rityapti bu holat