Asosiy qismga o‘tish
Fikrlash.uz

#Fikrolog

Assalom Aleykum barcha fikr uz aholisiga. Bugun mening speking kunim boldi va men bir barsani judayam yaxshi tushinib yettim, men qancha kop soz organim bilan uni real hayotta ishlatganim bilan, menda nimadir ozdek yani qancha kop bilsam shuncha oz tushunganimdek.Sizlarniki qanday boldi ahli fikrlovchilar😁😅🥲🫡
Huvullab qolmaydi sensiz bu dunyo,
Döstlaring zor emas sen bilgançalik.
Ölsam ne boʻlgay deb sira tortma ğam,
Ketganing xabari kelganingçalik.

Har inson zotiga zarurman dema,
Kimgadir tuproqsan, kimgadir olmos.
Xudo saqlasin-u, gohi gohida,
Hatto oʻzingga ham keraging qolmas.

Muallif: Ötkirbek Muhammadsobir
Post rasmi
O‘z ustida ishlash haqida.

Ko‘pchilik o‘zgarishni yangi narsalarni o‘rganishdan boshlaydi. Yangi kitoblar, kurslar, foydali odatlar.

Lekin ba’zida muammo bilimsizlikda emas, bilgan narsalarimizga amal qilmasligimizda bo‘ladi.

Vaqtni qadrlash kerakligini bilamiz,
lekin uni bekor sarflaymiz.

Intizom muhimligini bilamiz, lekin kayfiyatimizga qarab ish qilamiz.

Yana ko‘proq ma’lumot olishga harakat qilamiz, lekin oldin o‘rganganlarimizni hayotga tatbiq qilishni unutamiz.

Menimcha, o‘z ustida ishlash faqat yangi narsalarni o‘rganish emas.

Balki bilgan narsangizni amalda qo‘llash, keraksiz odatdan voz kechish va o‘zingizga bergan va’dangizda turish ham katta o‘zgarish.

Sababi bir narsani bilish va uni qilish orasida katta farq bor.