Yozish bu qog‘ozda o‘ylash.

Miyamiz bir daqiqada minglab so‘zlarni o’yladi. Yozish esa bundan ancha sekin. Aynan shu sekinlik yozishning eng katta kuchi.

120 km/soat tezlikda ketayotgan mashina loy yo‘lda sekinlashgani kabi, yozish ham fikrlarimizni sekinlashtiradi.

Sekinlashgan fikr esa tiniqlashadi.

Bir odam yoningizdan yugurib o‘tsa, yuzini eslab qolish qiyin.

Xuddi o‘sha odam sekin yursachi? Unda bemalol eslab qolasiz.

Fikrlar ham shunday.

Yozmagunimizcha ular miyamizdan yugurib o‘tadi. Yozganimizda esa sekinlashadi.

Shunda mantiqiy xatolarimizni ko‘ramiz.

Hissiyotga berilgan joylarimizni sezamiz, shu sabab esa yengillashamiz.

Miyamizdagi tartibsiz fikrlar tartibga tushadi.

Muallif yozgan sari yana yozgisi keladi. Oldin yozish qiyin tuyulardi.

Hozir esa mavzu topilsa bo‘ldi, boshlaydi.

Lekin mavzu oxiri qayerga olib borishini va nima bilan tugashini bilmaydi.

Huddi yerga tushayotgan piyolaning qanday bo‘laklarga ajralishini oldindan bilmagani kabi.

Mavzu oxiri nima bilan tugashi va yozganda fikrlar tartiblashishi,

yangi g’oyalar tug’ilishiga olib kelishini ham tushundi.

Yozishni mushakka o‘xshatsak bo’ladi.

U ham qancha ko‘p mashq qilinsa, shuncha kuchayadi.

Lekin faqat yozishning o‘zi yetmaydi.

Kuchli matn yozish uchun avval kuchli fikrlar kerak.

Kuchli fikrlar esa kitoblardan, kuchli mualliflardan, ustozlardan va eng ko‘pi hayotning o‘zidan olinadi.

Hayot kuzatiladi,
xatolari tahlil qilinadi.

Keyin bularning barchasi yozganda kuchli matnga aylanadi.

Muallif yozayotganida ommani o‘ylamaydi.

O‘zini, yaqinlarini, jamoasini o‘ylaydi. Shunda matnlari ta’sirliroq chiqadi.

Bir kun kelib kimdir:

“Sizning postingiz menga yordam bergandi,” desa,

Muallif uchun bundan katta mukofot yo‘q. Shuning uchun blog yuritadi.

Blog yuritadigan insonlarni ham hurmat qiladi.

Ular bilan suhbatlashadi,
fikr almashadi.

Chunki ular javob berishga emas, savol berishga ko‘proq qiziqadi.

Bilmaganlarini so‘raydi.
Bilganlarini esa ulashadi.

Insonni aynan shunday suhbatlar o‘stiradi.

Muallif yana bir narsani tushundi.

Oldin murakkab yozgisi,
ko‘p termin ishlatgisi kelardi.
“Kuchli fikr ” yozishga urinardi.

Hozir esa buning aksi.

Eng kuchli fikrlar ko‘pincha eng sodda gaplarda yashirin bo‘lishini tushundi.

Shuning uchun bundan keyingi postlari ham iloji boricha sodda bo‘ladi.

Chunki murakkab yozish oson.
Sodda yozish esa qiyin.

Muallif qiyinroq yo‘lni, kamchilik tanlaydigan yo’lni tanladi.

Sababi oddiy.

Kamchilik qiladigan ish, kamchilik erishadigan natijaga olib boradi.

“Kamchilik” haqida muallif keyingi insholarida yoritib berishni ma'qul kordi.