Asosiy qismga o‘tish
fikrolog

Sanjar Ganiyev Muallif — maqolalari monetizatsiya qilingan

Muallif — maqolalari monetizatsiya qilingan Muallif

14-oktabrdan beri

Obuna bo‘lish
Inversion

Charlie Munger muammoni yechishda bir usuldan foydalangan: masalaga teskari tomondan qarash.

masalan, yaxshi rahbar bo‘lish uchun nima qilish kerakligini o‘ylash o‘rniga, yomon rahbar qanday xatolarga yo‘l qo‘yishini o‘ylab ko‘rish.

xodimlarni tinglamaslik, natijalarni tekshirmaslik, xatolarni yashirishga majbur qilish.

endi shu xatolardan qochish kerak.

bu usulni boshqa sohalarda ham qo‘llash mumkin.

pul yig‘moqchimisiz — pulni qanday topish bilan birga, uni qayerda yo‘qotayotganingizni ham aniqlang.

yaxshi munosabat qurmoqchimisiz — nima qilish kerakligidan tashqari, munosabatni nima buzishini ham o’rganing.

ko‘pincha biz muammoni hal qilish uchun yangi yo‘l izlaymiz, lekin ba’zan avval xatolarni to‘xtatishning o‘zi yetarli.

biror narsani yaxshilamoqchi bo‘lsangiz, avval uni nima yomonlashtirayotganini aniqlang.
Nega xato qilganimizni tan olish qiyin?

Tasavvur qiling, biror ishga uch oy vaqt va pul sarfladingiz. Lekin natija yo‘q.

Aslida, bu ishni to‘xtatish kerakligini tushunyapsiz. Shunga qaramay, davom etasiz.

Sababi oddiy: uch oy bekorga ketganini tan olishni xohlamaysiz.

Endi yana uch oy sarflaysiz. Natija yana yo‘q. Lekin bu safar to‘xtash yanada qiyinlashadi.

Chunki endi faqat oldingi qaroringizni emas, keyingi qaroringizni ham tan olishingiz kerak.

Shu tariqa odam xatosini tuzatish o‘rniga, uni oqlashga ko‘proq kuch sarflaydi.

Buning uchun bir narsani tushunish kerak: o‘tgan vaqtni qaytarib bo‘lmaydi. Lekin kelajakdagi vaqtingizni saqlab qolishingiz mumkin.

Qaror qabul qilayotganda
“Shu paytgacha qancha sarfladim?” deb emas,

“Bugun noldan boshlasam, yana shu ishni tanlarmidim? deb so‘rash kerak.

Ba’zan eng to‘g‘ri qaror — davom etish emas, to‘xtashdir.
O‘z ustida ishlash haqida.

Ko‘pchilik o‘zgarishni yangi narsalarni o‘rganishdan boshlaydi. Yangi kitoblar, kurslar, foydali odatlar.

Lekin ba’zida muammo bilimsizlikda emas, bilgan narsalarimizga amal qilmasligimizda bo‘ladi.

Vaqtni qadrlash kerakligini bilamiz,
lekin uni bekor sarflaymiz.

Intizom muhimligini bilamiz, lekin kayfiyatimizga qarab ish qilamiz.

Yana ko‘proq ma’lumot olishga harakat qilamiz, lekin oldin o‘rganganlarimizni hayotga tatbiq qilishni unutamiz.

Menimcha, o‘z ustida ishlash faqat yangi narsalarni o‘rganish emas.

Balki bilgan narsangizni amalda qo‘llash, keraksiz odatdan voz kechish va o‘zingizga bergan va’dangizda turish ham katta o‘zgarish.

Sababi bir narsani bilish va uni qilish orasida katta farq bor.