Asosiy qismga o‘tish
Fikrlash.uz

Maxfiylik siyosati

Qanday ma’lumot to‘playmiz

  • Ro‘yxatdan o‘tishda: ism, username, telefon raqam, parol (shifrlangan holda).

  • Ixtiyoriy: email, jins, tug‘ilgan sana, profil rasmi.

  • Faollik: qaysi postlarni ko‘rganingiz va qancha o‘qiganingiz — faqat lentani moslashtirish uchun, 90 kun saqlanadi.

Sun’iy intellekt

Post matnlari tahlil uchun AI xizmati provayderiga yuboriladi. Telefon raqamingiz, ismingiz va boshqa shaxsiy ma’lumotlaringiz yuborilmaydi.

Saqlash joyi

Shaxsiy ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonuni talablariga muvofiq saqlanadi.

Huquqlaringiz

  • Sozlamalar → Akkaunt bo‘limida barcha ma’lumotlaringizni yuklab olishingiz mumkin.

  • Akkauntni vaqtincha yoki butunlay o‘chirishingiz mumkin.