Asosiy qismga o‘tish

Fikr

Sanjar Ganiyev

Nega xato qilganimizni tan olish qiyin?

Tasavvur qiling, biror ishga uch oy vaqt va pul sarfladingiz. Lekin natija yo‘q.

Aslida, bu ishni to‘xtatish kerakligini tushunyapsiz. Shunga qaramay, davom etasiz.

Sababi oddiy: uch oy bekorga ketganini tan olishni xohlamaysiz.

Endi yana uch oy sarflaysiz. Natija yana yo‘q. Lekin bu safar to‘xtash yanada qiyinlashadi.

Chunki endi faqat oldingi qaroringizni emas, keyingi qaroringizni ham tan olishingiz kerak.

Shu tariqa odam xatosini tuzatish o‘rniga, uni oqlashga ko‘proq kuch sarflaydi.

Buning uchun bir narsani tushunish kerak: o‘tgan vaqtni qaytarib bo‘lmaydi. Lekin kelajakdagi vaqtingizni saqlab qolishingiz mumkin.

Qaror qabul qilayotganda
“Shu paytgacha qancha sarfladim?” deb emas,

“Bugun noldan boshlasam, yana shu ishni tanlarmidim? deb so‘rash kerak.

Ba’zan eng to‘g‘ri qaror — davom etish emas, to‘xtashdir.
65 marta o‘qilgan

Izohlar

Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.

O‘xshash fikrlar