Asosiy qismga o‘tish
pardaboyeva_umida

Foniy***

24-oktabrdan beri

Obuna bo‘lish
…Va yomgʻir yogʻadi shaharda
Soyabon tutqichi bosar zang.
Azizim, yomgʻirpoʻsh tutgani
Nahotki bir marta kelmasang?
Odamlar haqiqatni emas, o‘zlari ishonishni istagan narsani qabul qilishga moyil.
Umr taqvimiga jim nazar soldim,
Oyog'im ostiga xazon to'kildi.
Qanday qilib..
yo Rab, tushunmay qoldim-
Bahor tugamasdan
Kuz kirib keldi. .?!

#Shoirdan
Муносабатлар орқасидан югурма, ҳaйрлиси ҳайрли вақтда ёнингга келади.
Meni men istagan oʻz suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin koʻnglim pisand etmas.

Alisher Navoiy
Ish oʻldirmas, ishkal oʻldirar.
Jon zavoli 100 yoshmas, koʻz yosh.
Inson nega dunyodan oʻtar?
Quvlab unga otmasalar tosh.
Taxqir zahri xanjar bilan teng.
Tuxmat ortiq, oʻqdan va dordan.
Inson oʻlmas bir birining,
Oʻlishiga bermasa yordam.

#Shoirdan
Ishqiy qissalarning borligi roʻyo
Menimcha sevgi deb hech kim oʻlmagan
Ammo yaralgandan beri bu dunyo
Sen sogʻinishdek azob boʻlmagan

Soxta madoxlikning bari bexuda
Hamma ham gʻamingni koʻrmaydi baxam
Qoshlaring chimirib qaraganingda
Yoqimli manglaying chiziqlari ham

Qanchalar qadrdon bu yangi nigoh
Koʻrdimmi koʻksimga mexr toʻladi
Ismingni xotrdan chiqarish gunoh
Hatto suratingni sevsa boʻladi
Koʻtara olmasang gulning nozini,
Na tikoniga tegin, na gulni oʻksit.
Jurating yoʻqsa sahroda Majnun boʻlmoqqa,
Na Layloni chaqir, na choʻlni oʻksit.

#Shoirdan
Yolg'izlik sizni yomon insonlar bilan bog'lashiga yo'l qo'ymang.
Chanqaganingiz uchun zahar ichmang.

Tabriziy
Oʻynab boʻlding oshiq rolini,
Kechirmasin qilmishing xudo.
Kechmoqlikni topding yoʻlini,
Mayli sogʻ boʻl, xayr, alvido.

Yoʻlaringa koʻzimni qadab,
Koʻz yoshimni qilmayman fido.
Ketayabsan bir qizni aldab,
Mayli sogʻ boʻl, xayr, alvido.
Umida
Doʻst ya'ni hamroh.
Doʻstlaringizga e'tiborli boʻling. Xattoki atrofingizdagilarga ham. Ular sizning, siz esa ularning kimligini belgilaysiz. Xalqimizda shunday maqol bor: " Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqadi". Oʻzingiz haqingizda bilmoqchi boʻlsangiz, doʻstlaringizni zimdan kuzating. Zero, siz doʻstlaringizni kuzatgan boʻlmaysiz, oʻzingizga oyna tutgan boʻlasiz.
Xulosa shuki, doʻstlaringizni toʻgʻri tanlang.
bu kelajagingizni va oʻzligingizni belgilash demakdir.