Asosiy qismga o‘tish

Fikr

Umida

Umida @pardaboyeva_umida
Doʻst ya'ni hamroh.
Doʻstlaringizga e'tiborli boʻling. Xattoki atrofingizdagilarga ham. Ular sizning, siz esa ularning kimligini belgilaysiz. Xalqimizda shunday maqol bor: " Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqadi". Oʻzingiz haqingizda bilmoqchi boʻlsangiz, doʻstlaringizni zimdan kuzating. Zero, siz doʻstlaringizni kuzatgan boʻlmaysiz, oʻzingizga oyna tutgan boʻlasiz.
Xulosa shuki, doʻstlaringizni toʻgʻri tanlang.
bu kelajagingizni va oʻzligingizni belgilash demakdir.
36 marta o‘qilgan

Izohlar

Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.

O‘xshash fikrlar

Endi jim turasiz,
sira iloj yo‘q —
dunyo o‘zgarmadi siz aytgan so‘zdan, siz qurgan qasrlar vayrona bo‘ldi, alaflarga to‘ldi siz og‘gan o‘zan.
Endi jim turasiz,
og‘ir, bilaman,
ammo har kimsaga taqdir nasibdir,
bilmoqchi bo‘lsangiz agar, shoirlik jasorat so‘zining tarjimasidir.
Endi jim turasiz,
Eshiting elni,
el aslo demaydi, zog‘lar kuylasin, endi kengliklarda haq so‘ramasdan, yerni bezab yotgan bog‘lar kuylasin.
Kuylasin,
keldi-da kuylamoq gali,
kuylasin mangulik qo‘shiqlarini, buzsin-da siz kabi aqli qisqalar xatarsirab turgan to‘siqlarini.
Ana... quloq soling...
eshityapsizmi,
kuylar shoir shamol,
kuylar shoir qor,
shoir qorong‘ilik,
shoir tog‘larda
shoir daryolarning shovillashi bor.

Shavkat Rahmon