Asosiy qismga o‘tish

Fikr

Doston To‘xtamurodov

Endi jim turasiz,
sira iloj yo‘q —
dunyo o‘zgarmadi siz aytgan so‘zdan, siz qurgan qasrlar vayrona bo‘ldi, alaflarga to‘ldi siz og‘gan o‘zan.
Endi jim turasiz,
og‘ir, bilaman,
ammo har kimsaga taqdir nasibdir,
bilmoqchi bo‘lsangiz agar, shoirlik jasorat so‘zining tarjimasidir.
Endi jim turasiz,
Eshiting elni,
el aslo demaydi, zog‘lar kuylasin, endi kengliklarda haq so‘ramasdan, yerni bezab yotgan bog‘lar kuylasin.
Kuylasin,
keldi-da kuylamoq gali,
kuylasin mangulik qo‘shiqlarini, buzsin-da siz kabi aqli qisqalar xatarsirab turgan to‘siqlarini.
Ana... quloq soling...
eshityapsizmi,
kuylar shoir shamol,
kuylar shoir qor,
shoir qorong‘ilik,
shoir tog‘larda
shoir daryolarning shovillashi bor.

Shavkat Rahmon
39 marta o‘qilgan

Izohlar

Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.

O‘xshash fikrlar

Yomg'ir ham begona emas bizlarga
Qalbimiz torida qadrdon edi
Afsus chiqolmadik biz birga sayrga
Yomg'irda korishmoq niyat bor edi .
Boshlanmay nixoya bo'ldi qissamiz
Shirin hayolmiding bir kelib ketgan
Endi xoxlasak ham ko'risholmasmiz
Baxt bizni armonga uzatib ketgan
Mana yana yomgir asta yogʻmoqda
Go'yo eslatmoqchi o'sha damlarni
Seni unutmoqqa dil chog'langanda
Nimadir eslatar o'sha onlarni