Asosiy qismga o‘tish
doston_chustiy

Doston To‘xtamurodov Muallif — maqolalari monetizatsiya qilingan Tasdiqlangan akkaunt

Muallif — maqolalari monetizatsiya qilingan Muallif Tasdiqlangan akkaunt

7-oktabrdan beri

Obuna bo‘lish
Tangri, so'zsiz, yaxshi odamlarni izlaydi, yovuz va injiqlarning unga keragi yo'q; ayniqsa, bugun bir narsani hal qilib, ertaga boshqa gap gapiradigan injiqlarning. Tushunarlimi, Aleksandra Ivanovna? Ular, knyaz, meni tentak deb o'ylashadi, men esa ko'p narsaning farqiga boraman. Chunki eng muhimi yurak, qolgani behuda gap. Aql ham zarur, albatta... ehtimol, aql ham o'ta muhim. Kulma, Aglaya, men o'zimga qarshi chiqmayapman: yuragi bo'lib, aqlga ega bo'lmagan tentak, xuddi aqli boru yuragi yo'q tentak kabi baxtsizdir... Bu azaliy haqiqat. Mana men yuragi bor, lekin aqli yo'q tentakman, sen esa aqlli, ammo yuraksiz tentaksan, ikkimiz ham baxtsizmiz, ikkimiz ham azob-uqubat chekyapmiz.

Dostoyevskiyning "Telba" asaridan.
Endi jim turasiz,
sira iloj yo‘q —
dunyo o‘zgarmadi siz aytgan so‘zdan, siz qurgan qasrlar vayrona bo‘ldi, alaflarga to‘ldi siz og‘gan o‘zan.
Endi jim turasiz,
og‘ir, bilaman,
ammo har kimsaga taqdir nasibdir,
bilmoqchi bo‘lsangiz agar, shoirlik jasorat so‘zining tarjimasidir.
Endi jim turasiz,
Eshiting elni,
el aslo demaydi, zog‘lar kuylasin, endi kengliklarda haq so‘ramasdan, yerni bezab yotgan bog‘lar kuylasin.
Kuylasin,
keldi-da kuylamoq gali,
kuylasin mangulik qo‘shiqlarini, buzsin-da siz kabi aqli qisqalar xatarsirab turgan to‘siqlarini.
Ana... quloq soling...
eshityapsizmi,
kuylar shoir shamol,
kuylar shoir qor,
shoir qorong‘ilik,
shoir tog‘larda
shoir daryolarning shovillashi bor.

Shavkat Rahmon
Kuzni uch narsasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi menimcha.

Birinchisi bu yomg‘ir.

Ikkinchisi, sarg‘ish va olov rang barglar

Uchinchisi, bu albatta Dostoyevskiy asarlari.!

Bugun Fedya amakining tug‘ilgan kuni. Mana, nimaga uning asarlaridagi kayfiyat kuz vaybini beraveradi. Chunki Dostoyevskiy kuzning farzandi.

P.S. Xohlasangiz izohda Dostoyevskiyning o‘zingizga eng yoqqan fikrlarini yozib qoldirishingiz mumkin.
Yil tugashiga 83 kun qoldi

Ko'pimiz shunday o‘ylaymiz:

"Bu yil o'tib ketdi, endi kelasi yildan boshlayman."

Lekin hisoblab ko'ring:

kuniga 15 daqiqa = 21 soat
kuniga 1 soat = 83 soat
kuniga 2 soat = 166 soat
kuniga 3 soat = 249 soat

Kuniga atigi 15 daqiqa bilan ham 2–3 ta kitob o'qib chiqish mumkin.

Kuniga 1 soat bilan esa yangi ko'nikma, kichik loyiha yoki o'z kanalingizni boshlash mumkin.

Muhimi, mukammal vaqtni kutmaslik. Boshlash uchun eng yaxshi payt hozir!
Post rasmi
Agar istaganingizga erishmasangiz, azoblanasiz; istamaganingizga erishsangiz ham, azoblanasiz. Hatto ayni istaganingizga erishganingizda ham, uni abadiy ushlab turolmasligingiz uchun yana azoblanasiz. Barcha mushkulligingiz ongingizdadir. U o‘zgarishlardan ozod bo‘lishni istaydi. Og‘riqdan, hayot va o‘lim majburiyatlaridan xoli bo‘lishni. Biroq o‘zgarish — bu qonun va hech qanday riyokorlik bu haqiqatni o‘zgartira olmaydi.

— Suqrot