Asosiy qismga o‘tish

Fikr

Doston To‘xtamurodov

Agar istaganingizga erishmasangiz, azoblanasiz; istamaganingizga erishsangiz ham, azoblanasiz. Hatto ayni istaganingizga erishganingizda ham, uni abadiy ushlab turolmasligingiz uchun yana azoblanasiz. Barcha mushkulligingiz ongingizdadir. U o‘zgarishlardan ozod bo‘lishni istaydi. Og‘riqdan, hayot va o‘lim majburiyatlaridan xoli bo‘lishni. Biroq o‘zgarish — bu qonun va hech qanday riyokorlik bu haqiqatni o‘zgartira olmaydi.

— Suqrot
38 marta o‘qilgan

Izohlar

Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.

O‘xshash fikrlar

Endi jim turasiz,
sira iloj yo‘q —
dunyo o‘zgarmadi siz aytgan so‘zdan, siz qurgan qasrlar vayrona bo‘ldi, alaflarga to‘ldi siz og‘gan o‘zan.
Endi jim turasiz,
og‘ir, bilaman,
ammo har kimsaga taqdir nasibdir,
bilmoqchi bo‘lsangiz agar, shoirlik jasorat so‘zining tarjimasidir.
Endi jim turasiz,
Eshiting elni,
el aslo demaydi, zog‘lar kuylasin, endi kengliklarda haq so‘ramasdan, yerni bezab yotgan bog‘lar kuylasin.
Kuylasin,
keldi-da kuylamoq gali,
kuylasin mangulik qo‘shiqlarini, buzsin-da siz kabi aqli qisqalar xatarsirab turgan to‘siqlarini.
Ana... quloq soling...
eshityapsizmi,
kuylar shoir shamol,
kuylar shoir qor,
shoir qorong‘ilik,
shoir tog‘larda
shoir daryolarning shovillashi bor.

Shavkat Rahmon