Bu yil maqsad qo‘ymadim.
Maqsadlar o‘rniga — tizim quraman dedim.
Sababi, Scott Adamsning bir g’oyasi bor:
“Maqsadlar mag‘lublar uchun. G‘oliblar esa tizim quradi.”
Avvaliga bu g’oya menga ham g‘alati tuyulgandi.
Lekin o‘ylab qarasam, maqsad faqat qayerga borishni ko‘rsatadi.
Tizim esa qanday borishni va har kuni nima qilish kerakligini ko’rsatadi.
Masalan, “yiliga falon pul topaman” bu maqsad.
Lekin:
- Har kuni ishdagi bir muammoni hal qilish.
- 30 daqiqa xatolarni tahlil qilish.
- 20 daqiqa soha bo’yicha kitob o’qish.
- 10 ta chet tilida lug’at yodlash.
Bularni barchasi tizim.
Maqsadga erishganingizdan keyin nima qilasiz? Yana yangi maqsad qo‘yasiz.
Tizim esa davom etaveradi.
Shuning uchun bu yil o‘zimga katta maqsadlar qo‘ymadim, tizim qurishga harakat qildim.
Daromadimda, lavozimimda va shaxsiy hayotimda o‘zgarishlar sezildi.
Eng qizig‘i, hech qanday bosim bo‘lmadi.
“Yil oxirigacha bunga erishishim shart” degan bosim bo‘lmagani uchun bemalol tizim ustida ishladim.
Ishlamayotgan narsani o‘zgartirdim,
ishlayotgan narsani kuchaytirdim.
Lekin ko‘pchilik maqsad qo‘yadi.
O‘zim ham oldinlari har yil maqsad qo‘yardim.
Lekin yil oxirida qarasam, ko‘pincha o‘sha maqsadlarning 10 foiziga ham yaqinlashmagan bo‘lardim.
Balki muammo maqsadda emasdir.
Muammo - biz maqsad qo‘yishni bilamiz-ku lekin unga olib boradigan tizim yo’qligidir.
Izohlar
Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.