Ertalabki yugurishdan qaytayotgan edim. Asta qadam bosib yo’lni ko’zdan kechirar ekanman, yerda yotgan bir qutichaga ko’zim tushdi. Qutichada bir aka o’pkasini ushlab yo’talayotganini rasmi bor edi. Rasm tagida esa chiroylikkina qilib:
“Chekish sog’liq uchun zarar !” - deya izoh qoldirilgan.
Ana shu pallada hayolimga ajib o’y keldi:
“Nega odamlar biror narsa ularga zarar qilishini bilishsa ham o’sha ishni to’xtatishmaydi ?”
Yana bir voqeani qayd qilishimga ijozat eting.
Tuman olimpiadasiga borgan edim. O’sha yerda bir qiz bilan kechgan suhbatimdan parchasini keltirsam:
-Sizni ham majburlab olib kelishdimi ?
-Ha topdiz (qiz telefoniga qaraganicha).
-Instagramiz bormi ?
-Meniki emas, ukamniki.
-Instagram diqqat qotili ekanini bilasizmi ?
-Ha bilaman.
-Nega unda ishlatasiz ?
-Bilmasam.
-Qoyil..
Aslida hech qanday qoyil qolarlik joyi yo’q. Bu muammo barchamizda borligi borasida ishonchim durust. Biror bir foydali narsa haqida eshitamiz, mohiyatini, oqibatini anglaymiz. “Qilmasam bo’lmaydi ekan..” degan xulosaga kelamiz. Ammo topingchi nima ? Baribir qilmaymiz.
Shu yerda tabiiy bir savol tug’iladi:
“Nega ? Nega biror narsani foydaliligi uni qilish uchun yetarli sabab emas ? Nega ziyonligi to’xtatish uchun yetarli sabab emas ..?”
Bu savolga javob topishning ilk pallasida hayolimga ko’plab omillar keldi. Ishni foydasi va uning narxi, foydasining qadri, erishishga arziydimi, erishish yo’lida bizga ta’luqli bo’lmagan qiyinchiliklar (misol uchun: qayerda, kim bilan, qachon yashash), ishni qilish yo’lidagi iqtisodiy chiqimlar…
Xullas, hayollarim chalkashib, kalavani uchini yo’qotib qo’ydim.
Biroq, xulosaga shoshilmang. Universal javobini topdim oxiri:
Bu - xohish.
Istalgan narsani qilish yoki qilmasligimiz oxiri borib xohishimizga taqaladi ekan. Xohishimiz qanchalik yuqori bo’lsa, yo’limizdagi har qanday qiyinchilikni yengib o’tishga iroda shunchalik topiladi. Har qanday turdagi, xatto “yag’e buni qilib bo’maydi-e, nimalar deyapsan ?” turdagi ishlar ham biz uchun shunchaki o’yindagi bitta “missiya”dek tuyilib qoladi. Kamina bu javobini asoslash uchun 5-sinfligini eslashga qaror qildi:
2020-yil, yoz. Mendagi telefon olishga bo’lgan xohish shunchalik kuchli edi-ki, “stalbaga gul ek” deyishsa “ko’chatga pul bering” deyar edim.
Hozir zo’r bir zavq bilan eslayman o’shal damlarni.
Qarindosh akam moykada ishlar edi. Bir kuni borib “meni ham sizga qarashay” deganman. Suhbatimiz esimda yo’q-ku, ammo anniq bilaman akamni ham, uydagilarimni ham ko’ndirganaman. Bir moshina uchun 2 ming so’m olar edim.
Men kichik telefonchini qo’lidan kuchli xohlashdan boshqa hech nima kelmagani uchun, akamni yordamchisi bo’lganman. Shunga qaramay qisqa vaqt ichida moshina yuvishni to’liq o’rganib olganman. Ertalab borib, shomda qaytar edim. “3 oy, oyiga 100 mingdan ishlasam, yoz tugashiga 300 ming bo’ladi. Jaa zo’r bo’lmasa ham Samsung J1 ni ishlatilganini berishadi” degan o’y bilan ovunib ishlaganman.
Afsusgi telefonchini rejasi amalga oshmagan. Bir oydan keyin ishdan chiqishga majbur bo’lganman. Telefonga xohishim susayganmi ? Yo’q. Aksincha. Tezroq erishish yo’lini topish ilinjida.
Bu voqea bilan bir narsani isbotlamoqchiman: Xohlasangiz, qilasiz.
Agarda xohishim bo’lmaganida “moykada bir kuninga 20 ming beraman” deyishsa ham o’ylanib javob berar edim. Xohishim kuchli bo’lgani uchun, judayam kuchli bo’lgani uchun, 8 soat mehnatimni 10 ming so’mga almashtirishga tayyor edim. Ishonchim komilki sizda ham shunday voqealar bo’lgan.
“Mayli-ku, bitta savol bor. Ba’zi odamlar ishlarni, o’zlari xohlamasalar ham qilishadi. Bunga nima deysiz mistr Islommirzo ?” degan tanqid kelishi mumkin.
Yaxshi tanqid. Javobi quydagicha:
“Biror kimsa xohlamagan ishini qilsa biling-ki, u bu ishidan oliyroq narsani xohlabdi. Bu shunchaki yo’ldagi to’siq xolos.”
Dars qilish yoqmaydi. Ammo “iye, iye qulluq bo’lsin endi IELTS lar” degan maqtov yoqadi.
Yugurish yoqmaydi. Ammo yugurishdan keyingi hissiyot.. Italyancha aytganda “mammamiya !”.
Xohlamagan ishlarimizni yengiz uchun ularni tarozida bosib ketadigan kattaroq xohishimiz bo’lishi kerak deb hisoblayman. Eng qizig’i bu ikkinchi tomonga ham ishlaydi:
Uxlash yoqadi. Sovuqda tahorat olish nafsga yoqmaydi. Ammo Jannatga kirishni ham xohlayman.
Kino ko’rish yoqadi. Kitob o’qish diqqat talab qiladi. Ammo keng dunyoqarashni ham xohlayman.
Antiqa narsani kashf qildik-ku brodarlar. (Hech e’tibor berganmisiz ? Bro + darlar :)
O’zimni xuddi sizni o’rningizda tasavvur qilib ko’rib, bir savol berishingizga ishondim:
“Agar xohish shunchalik kuchli narsa bo’lsa, uni qayerdan topamiz ?”.
Xohish, chinakam xohish, noyob narsa. Noyob narsani esa topish ham noyob.
Savolga javob berish uchun, xohish kuchli bo’ladigan holatlarga nazar solishimizga to’g’ri keladi:
Kimnidir sevib qoldingiz. O’sha insonni “mana bu shkalatni judayam yaxshi ko’rmanda” degan gapini eshitdingiz. Shu shkalatni necha soatda olib kelasiz ? Yoki daqiqa deymi ? Qanchalik xohlayapsiz shkalat sovg’a qilishni ? (Ataylab shokolat deb yozmadim :)
Yo’lto’sarlar sizni to’xtatishdi. Avvaliga rossa do’pposlab keyin bari narsangizni olib qo’yishdi. Ursangiz kuchingiz, yugursangiz nafasingiz yetmadi. Shu payt necha martda o’zingizga “bundan keyin shug’illanaman !’ degan vadani berasiz ? Qanchalik xohlayapsiz shug’illanishni ?
Bir ishongan do’stingizga barcha sirlaringizni aytgan edingiz. Urushib qoldilaring. Sharapatxonni yaxshi ko’rishingizni uni akasi ham bilib bo’libdi. Do’stingizni jazolashni qanchalik xohlaysiz ? Mayli, siz bosiq insonsiz. Kechirasiz. Ammo unga o’xshamaslikni, xiyonatkor do’st bo’lmaslikni qanchalik xohlaysiz ?
Quydagi barcha holatlarda sizda kuchli xohish paydo bo’ladi. Bu holatlarni barini bog’lab turadigan yagona omil - hissiyotlar. Hayotning ba’zi jabhalari hissiyotlaringizga qattiq ta’sir qiladi. Natijada bir umrga yetadigan saboq olasiz. O’sha saboq xohishga aylanadi.
Ota-onasidan ayrilgan insonni, ota-onasini ko’rish xohishi..
Sun’iy ravishda xohishni paydo qilish mumkinmi ? Qilsa bo’lar, ammo men buni qanday qilishni bilmayman. Bilsangiz, menga ham o’rgating.
O’qiganingiz uchun tashakkur. Sovutkichdagi shkalatlaringiz tugamasin :)
Izohlar
Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.