Avvalari 15 20 yillar oldin televizorda ajoyib ma'naviy axloqiy ko'rsatuvlar ko'p bo'lardi.Doktor ptoffessorlar olimlar yozuvchilar iqtidorli talabalar
salobatli so'zi salmoqli aktyor aktrisalarni taklif qilishardi,har bitta gapini o'ylab gapirar,boshlovchi suxandon ham o'rinli savollar berardi..
Hozirgi ayrim ko'rsatuvlarni ko'rsam ko'nglim ayniydi,behayo kiyinib olib televediniyega chiqib olib o'zini bosolmayotgan boshlovchi kecha instagramga chiqib bugun mashhur bo'lgan blogger otarchilar manisiz tuturuqsiz qo'shiq aytib yulduz bo'lgan xonandalar davrada to'rda.Oldi-qochdi gaplar,oilaviy kelishmovchiliklar,erga tegish,uylanish masalasi,instagramda piar qilib mashhurlikka erishgan tayini yo'q insonlarga to'lib ketdi.Suxandonlarniku aytmasa ham bo'ladi,jurnalistikani ko'chasidan o'tmagan,savol berishni bilmaydigan ,o'ylamay gapiradigan valdiraqilar o'tiribdi..
Televizorni ko'rishga ishtiyoq o'lib bo'lgan ,qayerdagi bir qarang'i ,qasang'ilardan ham intervyu olishadi. 40 mln aholini orasida 50 60 foiz odam televizor koradi orasida qariyalar ko'pchilikni tashkil etadi albatta . "SIZ FALONCHI BO'LMAGANIZDA KIM BO"LAR EDINGIZ ","YAQINDA FARZAND KO'RISH REJANGIZDA BORMI?"yoki yana boshqa g'alati savollar berishadi yana kimga deng kecha instagramda chiqqan qalang'iga da albatta..
Bilmadim bu ketishda televizorni olib chiqib axlatga tashlamasak bo'ldi...
Izohlar
Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.