Atrofimizda har kuni sodir bo‘layotgan narsalarning aksariyati — eng oxirgi marta bo‘layotganini hech kim aytmaydi.
Oxirgi marta ota-onangizning qo‘lini ushlab turganingizni.
Oxirgi marta bolalikdagi do‘stingiz bilan bolalarcha kulganingizni.
Oxirgi marta sevimli ovqatingizni onangiz pishirib berganini.

Oxirgi marta o‘zingizni shunchalik yengil va tashvishsiz his qilganingizni.
Hech kim ogohlantirmaydi.
Hech kim “bu oxirgisi” deb aytmaydi.
Shunchaki o‘tib ketadi.
Va siz keyin o‘zingiz tushunasiz — o‘sha voqealar oxirgisi ekanini.
Shu qatori, hozir olayotgan nafasimiz ham oxirgisi bo‘lishi mumkinligini hech kim aytmaydi.
Shuning uchun bor narsaning qadriga o‘z vaqtida yeting!