Shunchalik ongsizlar ko'pki ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirayotganda tilini sal bo'lsada tiyib negativ bildirmaydi,shaloq yomon uyatsiz so'zlar bilan komentariyalarni "bezashadi"
Oqibatda esa sudma sud yurib jarima to'lashadi..
Endi jim turasiz,
sira iloj yo‘q —
dunyo o‘zgarmadi siz aytgan so‘zdan, siz qurgan qasrlar vayrona bo‘ldi, alaflarga to‘ldi siz og‘gan o‘zan.
Endi jim turasiz,
og‘ir, bilaman,
ammo har kimsaga taqdir nasibdir,
bilmoqchi bo‘lsangiz agar, shoirlik jasorat so‘zining tarjimasidir.
Endi jim turasiz,
Eshiting elni,
el aslo demaydi, zog‘lar kuylasin, endi kengliklarda haq so‘ramasdan, yerni bezab yotgan bog‘lar kuylasin.
Kuylasin,
keldi-da kuylamoq gali,
kuylasin mangulik qo‘shiqlarini, buzsin-da siz kabi aqli qisqalar xatarsirab turgan to‘siqlarini.
Ana... quloq soling...
eshityapsizmi,
kuylar shoir shamol,
kuylar shoir qor,
shoir qorong‘ilik,
shoir tog‘larda
shoir daryolarning shovillashi bor.
Izohlar
Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.