nega ko'rmaganman seni ilgari?
ko'zimiz ham to'qnash kelmadimi hech,
yurgan ekanmizda majruh singari..?
qachon paydo bo'lding qarshimda alpdek?
alif qomatingga men bo'ldim qurbon.
o'ylasam o'zimdan ko'p o'ylab seni,
qizg'onsam hammadan rashk qildim yomon!
quyuq tuman kabi kipriklaringni,
shaydosi bo'lganman men o'sha kecha.
qiyiq qoshlaringga o'zimni osib,
baxtsizlik kishanin kelyapman yecha...
bilmasam,negadir aftodaholman,
shu kunlar yurakda turar siyrating.
qalandar kabiman sening hajringda,
ayama sevgilim mendan himmating.
tobora unutib boryapman o'zni,
menda "men" qolmadi bir sendan ortiq.
kelsang gar yonimga borliging bilan,
sevgimni yo'lingga qilaman tortiq..
©️Ahmadjonova Zuhraxon
Izohlar
Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.