Qo'lida kitob tutgan ayol koinotdagi eng maftunkor ayoldir. Chunki u oddiy so'zlarning sehrini, hislarning jilosini va jimjitlikning o'ziga xos zabonini hammadan yaxshi tushunadi. Uning qalbi o'qilgan asarlar hikmatidan yaralgan ummon, nigohi esa sizni o'zining sokin olamiga chorlovchi eng nafis muqaddimadir.
Bahorda qishni,
Qishda esa bahorni sog'inarkan inson.
Nima uzoqda bo'lsa aynan oʻshani sogʻinarmish.
Yetishmoq shartmi?
Qo'yaver,
Ba'zi narsalarning yo'qligi go'zal. 🩷
Qaraganingizda boshqalar ham qarashi mumkin, ammo siz unda kõrganlaringizni hamma ham kõra olmaydi. Hamma oshiq bõlishi mumkin, biroq hech kim siz kabi seva olmaydi. Yagona farq-siz: sizni boshqalardan ajratib turuvchi holat sevgilingiz emas, balki sevgingizdir.
Shams Tabriziy
Yakob Rils aytadi:
"Òzimni chorasiz qolgandek his qilganimda sangtarosh ustalarni kòrgani boraman. Usta toshga bolĝa bilan 100 marta uradi . Xarsangda aqalli bitta ham yoriq paydo bòlmaydi.Ammo 101- zarbadan keyin tosh òrtasidan bòlinadi.Biroq bu oxirgi zarbani ta'siri emas, balki undan oldingi 100 ta zarbani mahsulidir".
sen oldin bormiding sayyoramda,ayt?
nega ko'rmaganman seni ilgari?
ko'zimiz ham to'qnash kelmadimi hech,
yurgan ekanmizda majruh singari..?
qachon paydo bo'lding qarshimda alpdek?
alif qomatingga men bo'ldim qurbon.
o'ylasam o'zimdan ko'p o'ylab seni,
qizg'onsam hammadan rashk qildim yomon!
quyuq tuman kabi kipriklaringni,
shaydosi bo'lganman men o'sha kecha.
qiyiq qoshlaringga o'zimni osib,
baxtsizlik kishanin kelyapman yecha...
bilmasam,negadir aftodaholman,
shu kunlar yurakda turar siyrating.
qalandar kabiman sening hajringda,
ayama sevgilim mendan himmating.
tobora unutib boryapman o'zni,
menda "men" qolmadi bir sendan ortiq.
kelsang gar yonimga borliging bilan,
sevgimni yo'lingga qilaman tortiq..
Òqiyotgan kitoblaringiz ham bir dòst yoki dushman ròlini òynashi mumkin. Ayniqsa mening yashab turgan muhitimda kitob tanlash juda mushkul. Kitoblarda adashish insonlar oldida adashishdan mushkulroq deb bilaman...
— Mayakovskiyni o'qiganmisiz?
— Yo'q, hozir maktablarda uni o'qitishmaydi. U rasmiy sovet shoiri bo'lgan.
— Shundaylikka shunday lekin men Mayakovskiyni sherlarini sevib o'qirdim va hatto uning hayoti bilan ham qiziqib ko'rganman.
— Hamrohlarimiz bezovtalanib oldimizga kelishadi. Ular meni rashk tufayli tomosha ko'rsatadi, degan havotirda. Ammo hayotda ko'pincha bo'lgani kabi ilk taassurot yanglish bo'lib chiqadi.
— U raqqosani yani o'zining noshirini rafiqasini sevib qoladi - zavq bilan hikoya boshlayman men. Aynan mana shu ishq uni siyosatni biroz unutib, ijodiga biroz insoniylikni olib kiradi. Shoir sherlaridagi mahbubasini ismini tez-tez o'zgartirib tursada, noshir ularning barchasi o'z xotini to'g'risida ekanligini yaxshi bilardi. Lekin sherlarni nashr qilaverardi. Ayol bo'lsa erini ham, Mayakovskiyni ham sevardi. Oxir oqibat ular chorasini topishadi: uchovlari birga yashay boshlashadi va baxtli bo'lishadi.
— Men erimni ham sizni ham yaxshi ko'raman deb hazil qiladi muharrir ayol. siz ham Rossiyaga ko'chib kela qoling.
— Bu sizning sevgilingizmi?
— Afsuski bundan kamida besh yuz yil avval shunday bo'lgan. Hozir esa u qushday ozod. Bu qizning kelajagi porloq. Biroq hali ham o'ziga munosib, unga hurmat va muhabbatda bo'ladigan insonni uchratmadi.
— Nega bunday deysiz ,hijolat boladi— Hilol.
. . .
. . .
— Ma'naviy rivojlanish har doim ham sog'lom fikr bilan mos bo'lavermaydi.
— Yana bir gap. - davom etadi Yao. Biz o'qigan vaqtlarda maktablarda
Mayakovskiy o'qitilgan va bu sevgi uchburchagi nima bilan tugaganini hamma biladi. Shoir o'ttiz olti yoshida o'zini otib o'ldiradi.
Men shundayman! Ba'zida boshqa insonlarga nisbatan ko'p iztirob chekaman. Yangi bir joyni ko'rsam, quvonaman . . . Yangi bir qo'shiq eshitsam, qalbim huzurlanadi . . . Yoki yangi bir kiyim haqrid qilsam, o'zimni yangidan tug'ulganday baxtiyor his etaman. Sumkamda ko'p umidlarim bor, charchaganimda eng birinchi navbatda uni ochaman. Meni oz judayam kichik bo'lgan narsalar ham baxtiyor qiladi. Ishtaha bilan tanovul qilgan taomimdan yana bir likopcha olib kelinsa ham birinchisi kabi xursand qilmaydi, ikkinchi likopchadagi taom u qadar lazzatlidek tuyulmaydi. Kamdan kam insonlarni sevaman. Kamdan kam insonlarga ishonaman. Ba'zan esa o'zimdan boshqa hechkimga ishonmayman. Ba'zan hayolimdan o'tgan fikrlar 500 km tezlikda bir— biri bilan to'qnashib ketishini toxtata olmayman. Keksayyapmanmi yo asta—sekin aqlimni yo'qotyapmanmi bilolmayman. Ammo qalbimda hali— hanuz umid bilan gul parvarish qilyapman. Umid doim bor. Ishq doim mavjud bo'ladi. Shunday bo'lishi ham kerak, axir, bu dunyodagi boshqa tashvishlar azob chekishga arzimaydi-da.