Asosiy qismga o‘tish

Fikr

Meliqòziyeva Odinaxon

Meliqòziyeva Odinaxon @meliqoziyeva_odinaxon
Men shundayman! Ba'zida boshqa insonlarga nisbatan ko'p iztirob chekaman. Yangi bir joyni ko'rsam, quvonaman . . . Yangi bir qo'shiq eshitsam, qalbim huzurlanadi . . . Yoki yangi bir kiyim haqrid qilsam, o'zimni yangidan tug'ulganday baxtiyor his etaman. Sumkamda ko'p umidlarim bor, charchaganimda eng birinchi navbatda uni ochaman. Meni oz judayam kichik bo'lgan narsalar ham baxtiyor qiladi. Ishtaha bilan tanovul qilgan taomimdan yana bir likopcha olib kelinsa ham birinchisi kabi xursand qilmaydi, ikkinchi likopchadagi taom u qadar lazzatlidek tuyulmaydi. Kamdan kam insonlarni sevaman. Kamdan kam insonlarga ishonaman. Ba'zan esa o'zimdan boshqa hechkimga ishonmayman. Ba'zan hayolimdan o'tgan fikrlar 500 km tezlikda bir— biri bilan to'qnashib ketishini toxtata olmayman. Keksayyapmanmi yo asta—sekin aqlimni yo'qotyapmanmi bilolmayman. Ammo qalbimda hali— hanuz umid bilan gul parvarish qilyapman. Umid doim bor. Ishq doim mavjud bo'ladi. Shunday bo'lishi ham kerak, axir, bu dunyodagi boshqa tashvishlar azob chekishga arzimaydi-da.
Post rasmi
42 marta o‘qilgan

Izohlar

Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.

O‘xshash fikrlar