— Yo'q, hozir maktablarda uni o'qitishmaydi. U rasmiy sovet shoiri bo'lgan.
— Shundaylikka shunday lekin men Mayakovskiyni sherlarini sevib o'qirdim va hatto uning hayoti bilan ham qiziqib ko'rganman.
— Hamrohlarimiz bezovtalanib oldimizga kelishadi. Ular meni rashk tufayli tomosha ko'rsatadi, degan havotirda. Ammo hayotda ko'pincha bo'lgani kabi ilk taassurot yanglish bo'lib chiqadi.
— U raqqosani yani o'zining noshirini rafiqasini sevib qoladi - zavq bilan hikoya boshlayman men. Aynan mana shu ishq uni siyosatni biroz unutib, ijodiga biroz insoniylikni olib kiradi. Shoir sherlaridagi mahbubasini ismini tez-tez o'zgartirib tursada, noshir ularning barchasi o'z xotini to'g'risida ekanligini yaxshi bilardi. Lekin sherlarni nashr qilaverardi. Ayol bo'lsa erini ham, Mayakovskiyni ham sevardi. Oxir oqibat ular chorasini topishadi: uchovlari birga yashay boshlashadi va baxtli bo'lishadi.
— Men erimni ham sizni ham yaxshi ko'raman deb hazil qiladi muharrir ayol. siz ham Rossiyaga ko'chib kela qoling.
— Bu sizning sevgilingizmi?
— Afsuski bundan kamida besh yuz yil avval shunday bo'lgan. Hozir esa u qushday ozod. Bu qizning kelajagi porloq. Biroq hali ham o'ziga munosib, unga hurmat va muhabbatda bo'ladigan insonni uchratmadi.
— Nega bunday deysiz ,hijolat boladi— Hilol.
. . .
. . .
— Ma'naviy rivojlanish har doim ham sog'lom fikr bilan mos bo'lavermaydi.
— Yana bir gap. - davom etadi Yao. Biz o'qigan vaqtlarda maktablarda
Mayakovskiy o'qitilgan va bu sevgi uchburchagi nima bilan tugaganini hamma biladi. Shoir o'ttiz olti yoshida o'zini otib o'ldiradi.
Izohlar
Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.