Bu savolga barchamizning beradigan javobimiz anniq. Ammo, bunga amallarimiz nima deydi? Qalbimizchi?
Biz Allohni zikr qilamizmi?
Zikr bu eslashdir. Allohni qanchalik koʻp ixlos ila zikr qilsak shunchalik koʻp sevamiz. Biroq, biz Allohdan koʻra uning bandalarini zikr qilamiz ya'ni eslaymiz. Bunga fikringiz qanday?
Allohning bandalarini (qullarini) qanchalik koʻp zikr qilar ekanmiz. Alloh bizni aynan oʻsha bandalaridan uzoqlashtiradi. Allohning rashki kuchli ekan Allohdan koʻp uning bandalarini zikr qilishimiz albatta joiz emasdir.
Masalan, doʻstimiz bilan nimalarni gaplashamiz yoki yolgʻiz qolganimizda nimalarni oʻylaymiz? Insonlarni, pulni, mashinani, koʻylaklarni va h.k. Insonlarni qalbiga ozor berganimizni suhbatlashmaymiz. Lekin ozor chekkanimizni gapirishdan toymaymiz. Bularga berilib ketib, Allohni unutmasligimiz lozimdir.
Maqola · 1 daqiqalik o‘qish
Izohlar
Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.