"Tegirmon" Sabohiddin Ali
Hikoyada yozuvchi shunday deydi:
Gullar ochilgan bir faslda, sening qo‘llaringga bosh qo‘ygan va atirgullar kabi ifor taratgan bir vujud bilan uzoq suv sohilida o‘tirmoq va o‘pishmoq, charchaguncha o‘pishmoq yaxshi narsa…
Seni ko‘rgan zamon noz ila bosh burgan mag‘rur bir dilbar bo‘sag‘asida va oy yolqini ostida ertalabga qadar sayr etmoq, buni jon do‘stingga yig‘lab anglatmoq – gap oramizda qolsin – yaxshi narsadir.
Ammo sevgili bir vujudda mavjud bo‘lmagan bir narsani tanangda olib yurishga bardosh qilolmasdan uni chopa bilmoq, adashim, faqat mana shu narsa sevmoqdir.
Bosh qahramon sevgilisining bir qo‘li yo‘qligiga chiday olmaydi. U bilan yashagan payt qiz bir umr o‘zini aybdor his qilishini istamaydi. Shu sabab suyuklisi yoshlik chog‘ yaralangan joyda u ham o‘z qo‘lini tiriklayin tegirmonga yem qilgan holda u bilan teng holatga tushadi. Sabohiddin Alining aytishicha mana shugina sevgi, boshqa hammasi nafs o‘yinlaridir. 18.04.26