«Qalbimda bir inson qismati haqida qissa bitish istagi bor... Shunday bir insonki, u biror jiddiy qadam tashlashdan avval har bir kimsaning gapiga quloq tutadi, hamma bilan bamaslahat ish ko‘radi. Oqibatda, hayot tajribasida har bir masala bo‘yicha odamlarning qarashlari bir-biriga zid va qarama-qarshi ekaniga uzil-kesil ishonch hosil qiladi. Va nihoyat, u faqat va faqat o‘z qalbi hamda ichki ovoziga quloq tutmoq kerak degan qat’iy xulosaga keladi-da, shu lahzaning o‘zidayoq barcha ikkilanishlardan xalos bo‘lib, benihoya qudratli insonga aylanadi...»