Muallif hech qachon talaba bo’lish baxtiga muyassar bo’lmagan.
Lekin talaba do‘stlari juda ko‘p. Ular bilan universitet, darslar, muhit va talabalik haqida ko‘p gaplashadi.
Balki qachondir muallif ham talabalik davrini boshdan o‘tkazar.
Lekin bu post talaba do‘stlarim va tanishlarimda ko‘rgan muammolarim, xatolarim va ulardan chiqargan xulosalarim haqida.
Harvardda talaba tanlash jarayonida shunday savol beriladi:
«Harvardda o‘qishdan maqsadingiz nima?»
Ko‘pchilikning maqsadi shunchaki Harvardga kirish bo‘ladi.
Menimcha, muammo aynan shu yerda.
Universitetga kirish maqsad emas, vosita bo‘lishi kerak.
Katta loyiha qilish, global darajada ishlash, biror sohada katta natija yaratish kabi maqsadlar uchun universitet instrument bo‘lishi kerak.
Xuddi shunday fikrlash bizda ham bo‘lishi kerak.
Maqsad universitetga kirish emas.
Universitetga kirgandan keyin nima qilishimiz muhim.
Yana bir narsani ko‘p kuzataman.
Talaba bo‘lguncha kuniga 6-8 soat o‘qib, izlanib, deep work qilgan odamlar universitetga kirgandan keyin birdaniga hammasini tashlab qo‘yishadi.
Go‘yoki maqsadga yetib bo‘lgandek.
Aslida esa teskarisi bo‘lishi kerak.
Universitetga kirgandan keyin o‘qishni ko‘paytirish, ko‘proq izlanish va kamida oldingidek mehnat qilish kerak.
Sababi universitet finish emas.
Universitet katta maqsadlar uchun start bo‘lishi kerak.
Izohlar
Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.