Vaqt o'tib boryapti.... Fasllar almashinib kunlar o'tyapti..
Hayotimiz esa sekin sekin o'zgarib yo aslicha qolmoqda. Atrofimizdagi insonlar,tanish bilish,do'stlar,qarindoshlar biz taniganlar hamma hammasining umri o"tyapti...
Bilasizmi bugun qarindosh urug"chilik opa singil aka uka jigar lar bir birini kam ko'radigan bo'lib qolgan. Ish uy bola chaqa mehnat odamlarni eng katta muammosiga aylandi,to'g'ri bular hammasi zarur narsalar ammo oqibat yo"qoldi...
Kecha birga urushib o'ynab yurgan jigarlar bugun bir bor ko"rishishga vaqtlari yo imkonlari yo'q..To"y yoki ma'rakakarda birrov ko"rinadilarda vaqti tig'iz ekanligini bahona qilishadi. Yoki qarindoshlar orasida ola mushuk o'tsa ayniqsa ayollar o"rtasida bordi keldi kamayadi..
Avvalari esimda qaysidur qarindoshimizni yo uyimizda to'y bo'lsa boshqa qarindosh urug jigarlar yoru birodarlar 1 hafta oldin hozirunozir bo'lishardi.Hamma baxtiyor o'yin kulgu ertalabgacha bazm bo'lardi, hamma qarindosh uruglar jamul jam bo'lib ketishardi.
Avvallari boshqacha edi.Hozir esa insonlar orasidan mehr qochgan,go'yo odamga odam kerakmasdek,uyga mehmon kelsa xursand bo'lib dasturxon yozadigan mezbon emas ,qovog'ini solib oladigan kelishi bilan "qachon ketarkin" deb poylaydigan insonga aylandik...
Izohlar
Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.