Yaxshi muomala qiling, sizga shunday muomala qilishlarini kutmang!
Yaxshilik qiling, sizga ham yaxshilik qilishlarini kutmang!
Seving lekin sevishlarini kutmang!
Sovg‘a bering lekin sovg‘a berishlarini kutmang!
Doim kimdandir nimadir kutamiz! Lekin shu kutganimiz sodir bo‘lmasa o‘zimiz xafa bo‘lib qolamiz.
Menimcha, bu yerda kutish ham muammo emas. Umid. Umid ko‘p narsani hal qiladi.
Kutilmalarga bo‘lgan umidni nolga tushirsak, menimcha ancha baxtliroq yashaymiz.