😂 Bir kuni bo‘lgan voqeani eslasam, hozir ham o‘zimdan o‘zim kulaman!
Men degan odam Cola ichish bo‘yicha professor bo‘lib ketganman-u, Aloe suv degan narsadan umuman bexabarman. Hayotimda ko‘rmaganman, ichmaganman, ichida nima borligini bilmayman. 😂
Bir kuni sherigim ishdan qaytishda meni uchrashuvga taklif qildi. O‘sha kuni oyim manti pishirgan edilar. «Ovqat olib chiq», degani uchun oyimning mantilaridan idishga solib, ko‘tarib chiqdim. O‘zimcha romantik uchrashuvga ovqat ko‘tarib borayotgan kelinchakman-da. 😂❤️
Do‘konga kirdik. Men odatim bo‘yicha Cola oldim, sherigim esa Aloe suv oldi. Ovqatni yedik. U Aloe suvidan ichib o‘tiribdi, men esa ko‘z qirim bilan qarab qo‘yaman. Ichidagi narsalari ham ko‘rinib turibdi.
Ichimda: «Buncha mazza qilib ichyapti, nima ekan bu? Mendan boshqa hamma biladimi shu ichimlikni?» deb o‘yladim. 😂
Oxiri qiziqishim ustun keldi. Shishani olib, bir ho‘plam ichdim-u...
Voy, dod! Og‘zimga nimadir tegdi! Tilimga har xil narsalar kelib urildi! 😭😂 Miyam ishlashdan to‘xtadi, hayolimga birinchi kelgan gapni aytib yubordim:
— VOY, BU NIMA BALО?! YEGAN OVQATINGIZNI SUVNI ICHIGA QAYTARIB YUBORGANMISIZ?! 🤣🤣🤣
Sherigim menga qaradi. Men unga qaradim. Bir zumda uchrashuv romantikadan tergovga aylanib ketdi. 😂😂
U bo‘lsa hech narsa bo‘lmagandek:
— Yo‘q, bu suvning o‘zi shunaqa. Ichida shunaqa narsalari bo‘ladi, — deydi.
Men ichimda: «Voy, tavba! Odamlar endi ovqatini ham suvga solib ichadigan bo‘lishdimi?» deb o‘tiribman. 😂😂
Keyin bilsam, Aloe suvning ichidagi o‘sha bo‘lakchalar o‘zining eti ekan!
Men esa bechora sherigimni bir ho‘plam ichimlik bilan aybdorga chiqarib bo‘lganman. Hali yaxshi ham, ichimlikni ichib bo‘lganimdan keyin emas, ichayotganimda savol berganim! Bo‘lmasa, bechorani manti ustida ham so‘roq qilardim. 🤣🤣🤣
Xullas, men Cola ichib katta bo‘lganman, Aloe suv esa meni birinchi uchrashuvdayoq hayotdan shubhalantirib qo‘ydi! 😂❤️
Endi kimdir menga Aloe suv bersa, avval shishasini tekshiraman, keyin ichaman. Tavakkal qilib bo‘lmaydi, dugonalar! 🤣🤣🤣
Maqola · 1 daqiqalik o‘qish
Izohlar
Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.