Bir inson bilan munosabatingiz tugashi , o‘zingizni yanada yaxshiroq tushunish va to‘g‘ri odamni topishga imkoniyat bo‘lishi mumkin.
Ishingizni yo‘qotish yoki biznesingizni yopilishi og‘riqli bo‘lishi mumkin, ammo bu yangi, yanada daromadli va qiziqarli yo‘lning boshlanishi bo‘lishi mumkin.
Lekin Yakunlanish = Yangi boshlanish degani doim yaxshiroq bo'lishni anglatmaydi.
Bu shunchaki jarayon, natijasi esa har xil bo'ladi. Natijani yaxshi yoki yomon deb qabul qilish insoning o'ziga bog'liq.
Masalan, ishingizni yo'qotishingizni depressiya va stress bilan qabul qilishingiz mumkin yoki yuqorida aytganimizdek, buni o'zingizga daromadli va qiziqarli chorlov deb qabul qilishingiz mumkin.
Xulosa shuki, bir narsaning tugashi imkoniyat beradi, lekin bu imkoniyatni yaxshi yoki yomon tarafga burish ko‘pincha o‘zimizning qo‘limizda bo‘ladi.
Eng muhimi — o‘sha yangi boshlanishga va chaqiruvlarga biz labbay deb javob berishimizda yoki ijobiy reaksiyamizda.
Maqola · 1 daqiqalik o‘qish
Izohlar
Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.