Tug‘iliboq yurib ketmagansiz. Avval emaklagansiz, keyin yiqilib-yiqilib yurishni o‘rgangansiz.
Tug‘iliboq gapirib ketmagansiz. Avval "dada", "oyi", "nana" degan so‘zlarni zo‘rg‘a aytgansiz.
Velosiped haydashni ham, o‘qish-yozishni ham birinchi marta oson o‘rganmagansiz. Yiqilgansiz, xato yozgansiz, o‘qigansiz.
Ulg‘ayganimizda ham xuddi shunday.
Yangi ish, yangi kasb, yangi ko‘nikma — barchasi boshida qiyin ko‘rinadi.
Shunday paytda "Bu ish Men uchun emas ekan" deb tashlab ketishdan oldin biroz to‘xtab, sovuq miyada o‘ylab ko‘ring:
– Bu ishni kimdan o‘rganishim mumkin? Kim bu ishning ustasi?
– Qanday qilib uni osonroq va tezroq bajara olaman?
– Uni kichik qadamlarga bo‘lib olsam-chi?
Har tarafdan o‘ylab ko‘ring. Tashlab ketish bu yechim emas!
Siz uchun QIYINCHILIK — bu to‘xtash belgisi emas, O‘SISHNING boshlanishi bo‘lsin!