Inson zoti borki xato qilishga moyil bo'ladi. Agar biror ishda xato qilmasa inson inson emas menimcha.
Xato qilmasangiz qaysi yo'l aniq maqsadlaringiz tomon elitishini bilolmaysiz. Aniqroq aytsam, xato qilish orqali to'g'ri yo'lni topasiz.
Qayerdadir o'qigan edim: 20-30 yosh oralig'ida bo'lsangiz, ko'proq xato qilib, to'g'ri yo'lni topishga harakat qilishingiz kerak.
30 yoshdan keyin menimcha kech ham bo'ladi va xatolaringiz badali kattarib ham ketishi mumkin.
Ko'pchilik xato qilishdan qo'rqadi. Xato qilmasangiz, nima to'g'ri nima noto'g'ri ekangligini bilolmaysiz!
Bu xuddiki, yosh bolani yoshligida issiq choynakni ushlab olgandek gap. Boshqalar aytgani bilan, o'zi issiqligini bilmagunicha bu ishni xato yoki to'g'riligini bilmaydi.
Xulosa shuki, xato qilishdan qo‘rqmang.
Qo‘rqadigan narsa – xato qilib, undan hech narsa o‘rganmaslik.
Maqola · 1 daqiqalik o‘qish
Izohlar
Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.