Metakognitiv ko'nikmalar — bu "o'z fikrlash jarayoni haqida fikrlash" qobiliyati.
Boshqacha qilib aytganda, metacognition — bu o'zingizning qanday o'ylashingiz, o'rganishingiz, muammolarni hal qilishingiz va xatolaringizni tushunishingiz haqidagi bilim va boshqaruvdir.
Masalan:
- O'qiyotganingizda "Men bu matnni tushundimmi?" deb o'zingizdan so'rash.
- Imtihon oldidan "Qaysi mavzularni yaxshi bilaman, qaysilarini takrorlashim kerak?" deb baholash.
- Muammoni hal qilayotganda "Bu usul ishlamayapti, boshqa yo'lni sinab ko'ray" deb o'zgartirish.
- Xatodan keyin "Nima uchun bu xatoni qildim? Keyingi safar qanday oldini olaman?" deb tahlil qilish
kabi savollar metakognitiv ko'nikmaning belgisidir.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki:
- Metacognitionni rivojlantirgan odamlar tezroq o'rganadi, yaxshiroq natija ko'rsatadi va o'z-o'zini boshqarish qobiliyati kuchli bo'ladi.
Ushbu ko'nikmani qanday rivojlantirish mumkin?
- O'z-o'ziga savollar berish
- O'qishdan keyin qisqa xulosa yozish
- Fikrlashni ovoz chiqarib aytish
- Reflection jurnali yuritish (har kuni nima o'rgandim, nima yaxshilashim mumkin)
P.s. Agarda ushbu mavzuda tadqiqotlar qiziq bo'lsa, ularga linkni kommentda qoldiraman!
— Components of fostering self-regulated learning among students. A meta-analysis on intervention studies at primary and secondary school level
— Are metacognition interventions in young children effective? Evidence from a series of meta-analyses
— A meta-analysis of the relationship between metacognition and academic achievement in mathematics: From preschool to university
— Metacognition, Learning & Educational Attainment: Evidence Based on Ten Meta-Analyses
Maqola · 1 daqiqalik o‘qish
Izohlar
Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.