Oila Mehrli makon. Oila birdamlik. Oila muqaddas .Har bir oilaning o‘ziga yarasha sinovlari bo‘ladi. Muhimi, muammolar kelganda bir-biridan uzoqlashish emas, aksincha, bir-biriga yanada yaqinlashishdir. Chunki mustahkam oila mukammal insonlardan emas, bir-birini tushunishga va kechirishga tayyor insonlardan quriladi.
Men uchun baxt — dabdabali hayotda emas, oilamning tinchligida, yaqinlarimning sog‘ligida, turmush o‘rtog‘imning mehrida va farzandlarimning kulgusidadir. Inson butun dunyoni zabt etsa-yu, uyiga qaytganida mehr topolmasa, uning qalbida baribir nimadir yetishmaydi.
Oila — bu sen qanday bo‘lsang, shundayligingcha qabul qilinadigan, yutuqlaringdan quvonadigan, yiqilsang qo‘lingdan tutadigan va har doim qaytging keladigan yagona maskan.
Dunyoning barcha go‘zalliklari bir tomonda, o‘z oilang bilan o‘tkazgan tinch va baxtli kunlaring bir tomonda. Zero, haqiqiy boylik — yoningdagi insonlar, qalbingdagi mehr va uyingdagi xotirjamlikdir.