Ba'zan onamizning qadriga uning oddiygina «Bolam, yaxshimisan?» degan so‘zlarida qancha mehr borligini his qilganimizda yetamiz. Chunki bu dunyoda bizning holimizni bizdan ham ko‘proq o‘ylaydigan yagona inson — onamizdir.
Ona bor uyda baraka bor, ona bor qalbda umid bor. Onaning qadri na boylik bilan o‘lchanadi, na dunyoning hech bir ne'mati bilan tenglashtiriladi. Uning o‘rnini hech kim bosa olmaydi.
Onajon, siz mening hayotimdagi eng bebaho ne'mat, eng go‘zal duom va eng katta baxtimsiz. Umringiz uzoq, qalbingiz xotirjam, yuzingiz doimo kulib tursin. Men uchun dunyoning eng go‘zal so‘zi ham, eng aziz insoni ham — ONAM!
Ona — bu umrning eng go‘zal mo‘jizasi, qalbning hech qachon so‘nmaydigan chirog‘i.Ona — bu dunyodagi eng beg‘ubor muhabbat, eng samimiy duo va eng ishonchli panohdir. Onaning borligi — uyimizdagi fayz, qalbimizdagi xotirjamlik, hayotimizdagi eng katta baxtdir.
Ona hech qachon farzandidan mehrini ayamaydi. O‘zi charchasa ham, farzandining charchamasligini, o‘zi yig‘lasa ham, farzandining ko‘zidan yosh oqmasligini istaydi. Uning duosi bizga qanot, mehribon nigohi esa qalbimizga taskin beradi.
Maqola · 1 daqiqalik o‘qish
Izohlar
Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.