ishqning shartlari bandalik shartlaridan ustunmi?!
inson biriga oshiq bo'lsa, sevganining sevganlari kabi bo'lmoqqa intiladi. u sevgan kitoblarni o'qiydi, unga manzur filmlarni tomosha qiladi, u tinglaydigan musiqalarni tinglashga odatlanadi. ko'rinishini, so'zlarini o'zgartiradi, har tomonlama o'zni mukammal ko'rsatmoq yagona hadafiga aylanadi...
ammo birodar, Robbimiz uchun shunday harakat qilyapmizmi biz? Kecha-yu kunduz xayollarimizdami U. Har bir ish boshida ekanmiz o'zimizga "bu unga yoqadimi yoki yo'q" degan savolni beryapmizmi. Vaholanki bir maftun boshqa biriga muhabbatli bo'lgani uchun kiyim tanlayotganda ham "bu rang unga yoqarmikin" deb o'zidan so'ramoqni tark etmaydi hech.
boshqa biriga o'zgacha nigoh tashlaganini ko'rsa bormi "qay bir tomoni uni jalb etdi" deya taftish etadi. bizga nabiylar, sahobalar-u tobeinlar, abdollar-u avliyolar xulqini o'rgatishdi, qara Robbing ularni sevgan deyishdi ammo biz bu zotlarning sifatlarga sohib chiqmoq uchun harakat qildikmi, xaridor bo'ldikmi ularning odoblari, taqvolariga...
xulosa o'zingizdan...