Oldinlari to‘ydan keyin 40 kun chilla bo‘lardi.
Ko‘pchilik bid’at deydi, dinda yo‘q deydi.
To‘g‘ri, dinda bo‘lmasligi mumkin. Lekin bu bizning madaniyatimizda bor bo‘lgan odat.
Asosiy maqsadi esa yangi turmush qurganlar bir-biriga o‘rgansin, ko‘proq suhbatlashsin, qalban yaqinlashsin degan ma’noda bo‘lgan.
Oldin shomdan keyin ko‘chaga chiqmaslik, ko‘proq uyda bo‘lish kabi odatlar ham shunga xizmat qilgan.
Hozir esa uyda qolishning o‘zi ham yetarli emas.
Chunki har bir uyda odamni bir-biridan uzoqlashtiradigan gadjetlar bor.
Telefon, Instagram, TikTok, YouTube, yangiliklar…
Shuning uchun eski chillani qaytarish emas, uni zamonga moslashtirish kerak.
40 kun chilla o’rniga, 40 kun dopamin detox.
Kulgili-a?
Tasavvur qiling, to‘ydan keyin 40 kun ijtimoiy tarmoqlar yo‘q.
Qisqa videolar yo‘q, keraksiz yangiliklar yo‘q, 40 kun offline hayot.
Kitob o‘qiladi, sayohat qilinadi, har xil mavzularda suhbat va debat qilinadi, birga sport qilinadi.
Hatto 40 ta filmni birga ko‘rib chiqsa ham bo‘ladi.
Hullas, o‘zingizga moslab davom ettiraverasiz.
Gap 40 kun uyda o‘tirishda emas.
Gap shu 40 kun ichida bir-biringizga internetdan ko‘ra ko‘proq vaqt ajratishda.
Balki zamonaviy chilla shudir.
Izohlar
Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.