Heç öylab körganmisiz, insonning muvaffaqiyat darajasi qayergaça borişi mumkin?
Yani, bir oddiy qişloq bolasi. Ota-onasi örtahol oila, ota-bobolari ham juda rivojlanmagan — ya'ni bilim, mansab borasida. Xöş, öşa bolaning erişişi mumkin bölgan eng baland daraja qayer? Ota-bobosi erişgan darajaga qançalik yaqin yoki undan qançalik köp böladi?
Bu borada qaraşimiz mumkin bölgan rakurslar bir neçta:
- Ota-onasining kimligi.
- Özining iştiyoqi.
- Omad.
Va yana bir qança tomondan qaraşimiz mumkin, balki misol ham keltira olamiz.
Ota-onaning kimligi — bu boşlanğiç nuqta va uning ta'sir doirasi yetarliça katta.
Masalan, 18 yoshli ikki bola:
A bola — tadbirkor oilada tuğilgan.
B bola — örtahol oilada tuğilgan.
A bolada ota-onasi tufayli IELTS 7.5, LinkedIn'da profil, taniş-biliş orqali praktika bor.
B bola esa bu narsalar haqida endi eşityapti.
Özining iştiyoqi tufayli yuriş emas, yugursa — yetib olişi mumkin.
Ha, bu degani ota-onaning kimligi taqdirni belgilaydi, degani emas. Yuriş emas, yugursa, tadbirkor oilada tuğilgan tengdoşiga yetib olişi mumkin.
Omad ham öz ta'siriga ega. Ya'ni, kerakli joyda, kerakli odam bilan tanişiş, kerakli joyda böliş va şunga öxşaş tasodiflar.
Xulosa qilib aytganda, böydan balandga sakray olişimizga ta'sir qiladigan omillar köp. Boridan foydalaniş va hayotdan zavqlaniş kerak.
Biroz çalkaş fikrlar lekin şu kunlardagi miyyam bilan şuni yoza oldim holos..., kitob mutolasi tanaffus olgani ta'siri menimça, 😂
Miyyani ham işlaşga majbur qilib turiş kerak ekan bölmasa özini işlatayotgandek körsatib foyda örniga ortiqça keraksiz yuklama olib keladi.
Izohlar
Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.