“Talaba ustozidan faqat bilim emas, insoniylikni ham o‘rganadi. Mehr bilan tushuntirgan, adolat bilan baholagan va ishonch bilan ruhlantirgan ustoz qalblarda bir umrga qoladi.” 🌿
1️⃣ E’tibor, hurmat va adolat.
Talabani shunchaki navbatdagi o‘quvchi deb ko‘rmaydi. Savolini jiddiy oladi, gapini eshitadi, holatini inobatga oladi, bully qilmaydi, kamsitmaydi, masxara qilmaydi. Adolatsiz munosabat qilmaydi. Talaba ustozining oldida xato qilishdan emas, o‘rganmay qolishdan qo‘rqadigan muhit quradi.
2️⃣ Pedagogik mahorat, tajriba va xarizma.
Ustoz o‘zi bilgan narsani shunchaki aytib berib qo‘ymaydi — tushuntiradi, soddalashtiradi, qiziqish uyg‘otadi. Har dars bir xil, zerikarli “o‘tinglar, yozinglar, yodlanglar”dan iborat bo‘lmaydi. O'rinli misol, hikoya, munozara va/yoki hazil bilan talabani darsga tortadi.
3️⃣ Ishonch, sabr va o'sish.
Talabani bugungi holatiga qarab emas, kelgusida salohiyatini kashf qiloladigan biri sifatida ko'radi va bunga ko'maklashadi. Xatosini aytadi, feedback beradi, qayta ishlatadi, talab qiladi, lekin sindirmaydi. Talabalar ichida olov yoqadi, lekin kuydirmaydi. O'zi o'rganishdan to'xtamaydi va talabalarga ular o'sib-rivojlanayotganini ko'rsata oladi.
4️⃣ Insoniylik, ochiqlik va go'zal namuna.
Jiddiylik sovuqlikka aylanib ketmaydi. Har bir talaba bilan o'ziga xos rishta bog'laydi. O'z insoniyligini ko'rsata oladi. Savol, muammo yo masala bilan ustozga keloladigan muhit quradi. Tabassum qiladi, xo'mrayib yurmaydi. Talabalardan "o'ch" olmaydi, insoniylik o'rgatadi. "Hech qachon ustoz bo'lmayman", emas, "menam ustozimga o'xshab ustoz bo'laman", deydigan namuna bo'ladi.
@ziyo_saodati
Izohlar
Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.