Kechirish bilan birga...
Hayvonat bog'iga bir kishi kiradi va sher turadigan qafas yoniga keladi.
Hamma ko'rsa bo'ladigan joyga sherga yaqinlashmaslik yozilgan.
U kishi sherga ozor yetkazishni niyat qilmagani va shuning uchun ham sher ham unga ozor qilmasligiga ishonadi va qo'lini uzatadi.
Sher sakrab qo'lini tishlab oladi. Qo'li jiddiy jarohat olmagani uchun tez tuzalib ketadi.
U yana o'sha joyga boradi va o'zini yomon odamlardan emasligini, u yaxshilik ilinishini, niyati yaxshi ekanligini aytadi.
Sherni oldingi qilgan ishi uchun kechiradi va unitad. Shunchaki birga o'ynash uchun yana qafas oldiga yaqinlashadi.
Bu safar sher u kishini jiddiyroq jaroxatlaydi. U qo'lini yarimini tishlab oladi.
Uzoq vaqt o'tib u yana sherni oldiga keladi va shunday deydi.
Men seni bo'lib o'tgan ishlar uchun kechirdim. Lekin ularni unitmayman.
Bu voqeadan kishi, sherni tabiatini bilmagani, ya'ni ilmsizligi uni shu holatga olib kelganini ham bilsak bo'ladi.
Biz bo'lib o'tgan voqeadan yana bir oladiganimiz kechirish va shu bilan birga dars olish.
Kechirishga ko'p targ'ib qilinamiz. Uxlashdan avval hammani kechirib uxlashimizni tavsiya ham qilinadi.
Kechirish albatta maqtalgan fazilat. Lekin, e'tibor qilmay qoladigan nuqtamiz esa bo'lib o'tgan ishdan dars olmaslik.
Demak, kechiramiz va dars olamiz. Shunda o'xshash vaziyatlarda nima qilishni oldindan bilamiz.
Izohlar
Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.