Qaragan paytimizda ko‘zimizga ko‘ringan narsalar biz o‘ylamagan, reja qilmagan harakatlarga undaydi.
Masalan, tuzukroq do‘konga kirib qolsak, odatda eng muhim bo‘lgan narsalarni do‘konning oxiriga qo‘yishadi.
Ulardan biri — non. Non uchun do‘konga kirgan kishi boshqa narsalarni ham xarid qilib chiqib ketadi.
Nafsga “shutak” chaladigan narsalar esa odatda ko‘zga yaqqol ko‘rinadigan joylarda bo‘ladi. Qaraymiz — sotib olgimiz keladi.
3 yoshli jiyanim ham agar bizda telefon borligini ko‘rib qolsa, olmaguncha qo‘ymaydi. Hech kimda ko‘rmasa, xayoliga ham kelmaydi.
Inson tabiati shunday ekan, demak uni butunlay boshqara olmaymiz. Lekin atrofimizni o‘zgartira olamiz.
Tarmoqlarga kirib ketib qolyapmizmi — ularni yashirib qo‘yaylik.
Telefondan uzoqlasha olmayapmizmi — uni o‘zimizdan uzoqlashtiraylik. Ko‘zimiz tushmaydigan joyda tursin.
Ortiqcha xarajatlarimiz ko‘payib ketyaptimi — pulimizni yashirin saqlaylik.
Kitob o‘qishni odat qilmoqchimizmi — kitoblarni ko‘zga ko‘rinadigan joyga qo‘yaylik.
Prinsiplarimizni mustahkam qilmoqchimizmi — ularni har kuni qog‘ozga yozib, ko‘zimizga ko‘rsatib turaylik.
Xohlamagan ishlarimizga undaydigan narsalarni ko‘zimizdan yashiraylik.
Xohlagan narsalarimizni esa ko‘zimizga yaqin qilaylik.
Izohlar
Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro‘yxatdan o‘ting.